Mbappe otasi bilan munosabatlari haqida gapirdi
"Real Madrid" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe otasi bilan munosabatlari haqida gapirdi:
"Birinchi marta otam bilan "Men seni yaxshi ko‘raman" degan so‘zlarni aytganimda katta bo‘lib qolgan edim. Lekin inson ulg‘aygani sari tushunadi: otang sening muvaffaqiyating uchun o‘zini fido qilsa, bu ertalabki "Men seni yaxshi ko‘raman"dan ham qimmatli. Bizning oramizdagi munosabat so‘zsiz ham bir-birimizni tushunishga imkon beradi.
Men yaxshi bilamanki, u meni butun joni-tanasi bilan yaxshi ko‘radi. Men ham uni shunday sevaman. Bu faqat boshqacha qarash. Shuningdek, mashhurlik – ya’ni yoshligimdan ommaviy axborot vositalari e’tiboriga tushganim – bu munosabatlarga "qobiq" yaratdi. Men odamlar shaxsiy narsalarimga aralashishini istamasdim.
Endi esa Etan haqida: u deyarli mashhurlik bilan tug‘ildi. 8–9 yoshligidan imzolar bergan, hatto imzosi yo‘q paytda ham. Buni tahlil qilish qiziq – bu ota hayotining evolyutsiyasini ham ko‘rsatadi", – dedi frantsiyalik yulduz futbolchi.



Fikrlar