
Mbappe PSJdan bosh murabbiy va 13 futbolchini haydamoqchi. Ular orasida Neymar bor!
“Pari Sen-Jermen” rahbariyati Kilian Mbappeni olib qolish uchun unga klub transfer siyosatiga aralashish vakolatini bergan edi.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, Mbappe jamoaga erak bo‘lmay qolgan 14 futbolchini o‘zining “qora ro‘yxati” ga kiritgan.
Manbaning ta’kidlashicha, bu ro‘yxatni jamoaning argentinalik bosh murabbiyi Maurisio Pochettino boshlab berardi.
Shuningdek, 23 yoshli hujumchi PSJ yozgi transferlar vaqtida Neymar, Mauro Ikardi, Yulian Draksler, Tilo Kerer, Leandro Paredes, Ander Errera, Leyvin Kurzava, Danilu Pereyra, Pablo Sarabiya, Xuan Bernat, Idrissa Guye, Kolin Dagba va Serxio Riko bilan xayrlashishi lozim.
PSJ mutasaddilari ayni paytda jamoani boshqaradigan mutaxassis qidirmoqda. Asosiy nomzod Zinedin Zidan bo‘lib turibdi.
Fikrlar