Mbappe PSJga qarshi shikoyatini qaytarib oldi, lekin 55 million evrolik da’vo qolmoqda

  • 7 iyul, 22:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
CHERY AUTO

O‘tgan yozda "Real"ga o‘tgan PSJning sobiq hujumchisi avvalroq o‘ziga ruhiy bosim o‘tkazilgani to‘g‘risida ma’lum qilgan edi. Shuningdek, u Parij klubini 2023 yilda asosiy tarkibdan vaqtincha chetlatilgandan so‘ng yangi shartnoma imzolashga majburlaganlikda ayblagan edi. Ushbu shikoyat iyun oyi oxirida tergov boshlanishiga sabab bo‘ldi.

Tecno

"L’Equipe" nashrining xabar berishicha, Mbappening huquqshunoslari dushanba kuni shikoyatni qaytarib olishdi. Biroq, PSJning hujumchiga 55 million evro miqdoridagi qarzi bo‘yicha sud jarayoni hamon davom etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Mbappe va uning yaqinlari huquqiy masalalarni iloji boricha tezroq hal qilishga intilmoqda, toki hujumchi butun e’tiborini o‘yinga qarata olsin degan maqsadda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!