Jarohat olgan Mbappe qachon maydonga qaytadi?

  • 26 sentabr, 2024, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining ettinchi turida “Real”ning “Alaves”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi madridliklarga qimmatga tushdi.

Tecno

Jamoaning asosiy to‘purariga aylanib borayotgan Kilian Mbappe o‘yinda oyog‘ida og‘riq his qilib, uni alishtirishlarini so‘radi. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar frantsiyalik o‘yinchi chap oyoq soni mushaklaridan jarohat olganini ko‘rsatdi.

The Athletic nashri “Real” mutasaddilari bilan bog‘lanib, 25 yoshli charm to‘p ustasining ahvoli bilan qiziqdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Mbappening bu jarohatdan to‘liq qutilishi uchun uch haftagacha vaqt kerak bo‘ladi.

Kilian yozda PSJdan erkin agent sifatida Madridga kelgandi. Yangi jamoada barcha turnirlarda to‘qqizta uchrashuvda ettita gol urdi va bitta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!