Mbappe raqib futbolchisining zo‘rligini tan oldi

  • 14 mart, 2023, 20:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichining ikki uchrashuvida “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin raqib o‘yinchi Jamol Musiala salohiyatiga yuqori baho berdi.

Tecno

Musiala – top darajadagi futbolchi, - dedi 24 yoshli frantsiyalik to‘purar myunxenliklarning hujumkor o‘yinchisi haqida.

20 yoshli Jamol Musiala “Bavariya” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda bu o‘yinchi barcha turnirlarda 34 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 12 ta golli pas uzatdi.

Iste’dodli futbolchining transfer narxi qisqa fursat ichida 100 million evroga etdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!