Mbappe "Real" bilan qachon shartnoma imzolagani ma’lum

  • 11 may, 2024, 00:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik jurnalistlar Kilian Mbappening "Real" bilan shartnoma imzolagani haqida ma’lumot bermoqda. 

Sports.fr jurnalisti Abdella Boulmanning xabar berishicha, tomonlar allaqachon hujjatlarni rasman imzolab bo‘lgan. Bu taxminan 21 fevral kuni sodir bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsum so‘nggida uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etadi. Biroz avval mazkur mavsum u uchun Parij klubidagi so‘nggisi bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. 

Kilian joriy mavsum PSJ safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!