Mbappe “Real” va “Barsa” oʻrtasidagi farqni tushuntirib berdi

  • 13.06.2026 08:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe Ispaniyaning ikki grand klubi – “Real Madrid” va “Barselona” oʻrtasidagi farq haqida fikr bildirdi:

- “Barselona” futbol tarixida ulkan iz qoldirgan. Ammo “Real Madrid” – jahon futboli etaloni. “Barselona” muxlislaridan tashqari deyarli hamma uchun “Real” dunyodagi eng yirik klub ekani aniq, - dedi Kilian Mbappe.

“Real” qatorasiga ikki yil davomida Ispaniya chempionligini “Barselona”ga boy berib qoʻymoqda. Mbappe hozircha madridliklar safida ichki musobaqalarda nufuzli sovrinlarni qoʻlga kiritа olgani yoʻq.

27 yoshli toʻpurar 2024 yilning yozidan buyon “Real Madrid” safida toʻp surmoqda va shu vaqt ichida 103 oʻyinda 86 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!