Mbappe "Real"ga o‘tadimi? L'Equipe nashri javob berdi

  • 16 may, 2020, 09:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ forvardi Kilian Mbappe yangi mavsumda ham parijliklar sharafini himoya qilishda davom etadi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Bundan avvalroq esa 21 yoshli jahon chempioniga "Real" jiddiy qiziqayotgani va yozda uni sotib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz tufayli “qirollik klubi”da Mbappeni sotib olish imkoniyati hozircha mavjud emas. Lekin, madridliklar uni bir yildan so‘ng, ya’ni 2021 yilda sotib olishni ko‘zlamoqda.

Mbappe joriy mavsum Frantsiya chempionatida 20 ta o‘yinda 18 ta gol urib, musobaqa to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!