Mbappe: “Real”ga o‘tmaganimdan afsuslanmayman!

  • 30 may, 2024, 11:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe 2022 yilning yozida “Real”ga o‘tmasdan, PSJ bilan shartnoma tuzgan edi. 25 yoshli futbolchi o‘shanda nega shunday qarorga kelganini ochiqladi.

Tecno

- O‘shanda masala faqatgina PSJda qolish bo‘lmagan. Ko‘p narsa Qatar mezbonligidagi “Jahon chempionati – 2022” va boshqa muhim jihatlarga bog‘liq edi.

Men juda muhim va anchagina og‘ir qaror qilishimga to‘g‘ri keldi. Bundan umuman afsusda emasman. O‘shanda vaziyat o‘ta og‘ir edi, bunaqasini hech kimga ravo ko‘rmayman, - dedi Kilian Mbappe.

Frantsiyalik forvardning Parijda qolishi ma’lum bo‘lganidan keyin uni qo‘lga kiritishga yaqin kelib, maqsadiga eta olmagan “Real” prezidenti Florentino  Peres bilan oraga sovuqchilik tushgan edi.

Mana oradan ikki yil o‘tib, Kilian Mbappe Madridga yo‘l olishi kutilmoqda. Garchi Evropa matbuoti kelishuv imzolangani haqida ma’lumot tarqatayotgan bo‘lsa-da, bu hali rasman tasdiqlangani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!