Mbappe yangi yilni yangi jamoada boshlaydi

  • 01.10.2021 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ yulduzi Kilian Mbappe paijliklar safini tezroq tark etishga shoshilyapti.

AS nashrining xabariga ko‘ra, Kilian faoliyatini “Real”da davom ettirishga qaror qilgan. Yozda “Qirollik klubi” bu futbolchi  transferini so‘rab, PSJga 130-140 million evro miqdorida mablag‘ taklif qildi. Biroq, parijliklar hujumchini qo‘yib yubormadi.

Keyingi paytda Kilian Mbappe braziliyalik yulduz Neymar bilan chiqisha olmay qolgani aytilmoqda. Unga Messining kelgani ham yoqmadi. Bundan tashqari, yosh hujumchining boshqa jamoadoshlari bilan munosabati ko‘ngildagidek emas.

Shu bois, Mbappening o‘zi ham tezroq klubdan ketish harakatiga tushib qolgan. U PSJ taklif qilayotgan shartnomalarning barchasini rad etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!