Mbappening o‘rniga zo‘r futbolchi keladi

  • 30 may, 2024, 22:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati jamoani tark etadigan Kilian Mbappe o‘rniga A Seriyaning eng zo‘r to‘purari bo‘lgan Lautaro Martinesni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Calciomercato nashri jurnalisti Paskal Garroning yozishicha, parijliklar klubga yaqin bo‘lgan Italiya va Frantsiya ligalarida transferlar bo‘yicha mutaxassis Marselo Simonyan hamda argentinalik futbolchining agenti ishtirokida uchrashuv tashkil qildi.

Lautaro Martines “Inter”da o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Yakunlangan mavsumda 24 ta goli bilan chempionlikka munosib hissa qo‘shdi. Biroq 26 yoshli forvard talab qilayotgan maosh milanliklar byudjetiga to‘g‘ri kelmayapti.

Shu bois, moliyaviy imkoniyatlari barqaror va katta bo‘lgan PSJ yakunlangan  mavsumda A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan Lautaro Martines transferini amalga oshira olishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!