MDH o‘yinlari: 27 ta medal olgan delegatsiyamiz 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 6 sentabr, 2021, 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan MDH o‘yinlarining bugungi kuni delegatsiyamizning benefisiga aylanib ketdi. Ushbu kun dasturida bahslarga kirishgan vakillarimiz 14 ta oltin, 12 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Tecno

Medallar boks va belbog‘li kurash bo‘yicha qo‘lga kiritildi. Har ikki sportda ham yosh atletlarimiz mos ravishda 7 tadan oltin medalni delegatsiyamiz hisobiga yozib qo‘yishdi. Bugun shohsupaga ko‘tarilgan vakillarimiz haqida ma’lumot:

Oltin:
Boks:
-48 kg: Javohir Qo‘ysinov
-50 kg: Sayat Ilyasov
-54 kg: Farruh To‘laganov
-63 kg: Bunyodjon Amirov
-46 kg: Gulsevar G‘anieva
-63 kg: Sitora Bahodirova
-70 kg: Oysha Toirova
Belbog‘li kurash:
-57 kg: Kamronbek Ortiqov
-68 kg: Oybek Sultonov
-75 kg: Nusratbek Sultonboev
-82 kg: Muhammadjon Rasulov
-90 kg: Oybekjon Muhammadiev
-52 kg: Farangiz Abdunabieva
-66 kg: Maftunabonu Mahmudova

Kumush:
Boks:
-46 kg: Ilhomjon Ergashev
-57 kg: Qahramonjon Fozilov
+80 kg: Ravshanjon Soliev
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-50 kg: Shaxina Ne’matova
-57 kg: Ra’no Muratbaeva
-60 kg: Muxlisa Toxirova
-66 kg: Sanobar Bozorboeva
-80 kg: Oltinoy Sotimboeva

Belbog‘li kurash:
-48 kg: Mohigul Ibragimova
-58 kg: Biybigauxar Polatbaeva
-76 kg: Zemfira Azatova

Bronza:
+76 kg: Munisaxon Nosirova

Bunday ulkan natijadan so‘ng delegatsiyamiz 14 ta oltin, 14 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
07/09/2021 00:22
36 та медал қойил олға ватандошлар. Мдҳ да биз Рассиядан сўнг 2- бўлиб турибмизми? Жуда яҳши Омад тилаймиз.