MDH o‘yinlari. Bokschilarimiz yarim final janglarini o‘tkazdi

  • 2 oktabr, 21:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 27 sentyabrdan 6 oktyabrgacha Ozarbayjon davlati Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kompleks musobaqalariga mezbonlik qiladi. Unda terma jamoamiz a’zolari ham ishtirok etmoqda.

Tecno

Bugundan boks sport turida yarim final bahslari start oldi. Kun davomida faqat qizlarimiz o‘zlarining final oldi janglarini o‘tkazishdi. Temur Axbaev boshchiligidagi vakillarimiz ushbu bosqichga to‘liq tarkib bilan etib kelishgandi.

Ruxshonabonu Axadova -46 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, mezbon Aysel Farajovaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.

Nazokat Mardonova va Qumriniso Muhammadovalar final yo‘llanmasini naqd qilishdi. Ular yarim finalda rossiyalik bokschilarni 5:0 hisobida engdi.

-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, Mehrimax Qilicheva qozog‘istonlik Jasmin Abramyanga hakamlarning qarorlariga ko‘ra, 2:3 hisobida taslim etdi.

Yana bir yarim finalda, -66 kg vaznda ringga ko‘tarilgan  Ulbosin Jalgasbaeva rossiyalik Lustina Anufrievaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shahnozabonu Imomalieva -48 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, mezbon Gular Huseynovaga mag‘lub bo‘ldi.

Sabina Mirzaeva -52 kg vaznda finalga yo‘l oldi, bokschimiz bu yo‘lda ozarbayjonlik Zaxra Mammadovani birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi.

-57 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda,  Farzuna Ro‘zieva qozog‘istonlik Balim Gabitkizidan 5:0 hisobida ustun keldi.

Bugungi so‘nggi yarim final bahsida, -63 kg vaznda Rushanabonu Isoeva yana bir qozog‘istonlik Madina Nurmanovani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!