
MDH o‘yinlari. Dzyudochilarimiz 12 ta medalni qo‘lga kiritdi
Ozarbayjonning bir nechta shahrida MDH o‘yinlari kompleks musobaqasi davom etmoqda.
Go‘ygul shahrida musobaqa dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslari boshlandi. Birinchi kun yakkalikda g‘olib va sovridorlar aniqlandi. O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 8 ta bronza, jami 12 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldik. Bugun aralash jamoaviy bellashuvlar o‘tkaziladi.
Oltin medallar:
+70 kg: Zarina Bobonazarova
+90 kg: Alibek Durdiev
Kumush medallar:
-48 kg: Saodat Qoraboeva
-90 kg: Musurmonqul Axrorov
Bronza medallar:
-40 kg: Mohinur Ollaberganova
-44 kg: Alina Kolyucheva
-52 kg: Nigina Umrzoqova
-57 kg: Maftuna Ahmedova
-60 kg: Dilshod Karimov
-63 kg: Zuhrajon Umarova
-66 kg: Sanjarbek Ashurov
-73 kg: Sa’dullo Ravshanov
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar