
MDH o‘yinlarida ishtirok etgan 25 bokschimizning barchasi medalga ega chiqdi
MDH o‘yinlarida boks bo‘yicha bahslar o‘z yakuniga etdi. Musobaqa doirasida qizlarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘lgan edi.
Erkaklar o‘rtasida ham bahslar o‘z yakuniga etdi. Quvonarlisi, yigitlarimiz ham muvaffaqiyatli yurishni davom ettirib, 7 ta oltin va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi va kiritishdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Terma jamoamiz safidagi sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishing:
Erkaklar:
Oltin:
-54 kg: Samandar Olimov
-60 kg: Abdullox Madaminov
-63,5 kg: Boburbek Bobojonov
-71 kg: Shavkatjon Boltaev
-75 kg: Fazliddin Erkinboev
-80 kg: Javoxir Ummataliev
-92 kg: Xalimjon Mamasoliev
Bronza:
-48 kg: Sobirjon Tastanov
-51 kg: Miralijon Mavlonov
-57 kg: Shoxrux Abdumalikov
-67 kg: Murodbek Baxriddinov
-86 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
+92 kg: Ravshanjon Soliev.
Qizlar:
Oltin:
-48 kg: Gulsevar Ganieva
-50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-63 kg: Sitora Baxodirova
-70 kg: Oysha Toirova
-81 kg: Oltinoy Sotimboeva
Kumush:
-52 kg: Zilolaxon Yusufova
-75 kg: Sanobar Bozorboeva
Bronza:
-57 kg: Mushtariybonu Ibroximjonova
-60 kg: Odinaxon Ismoilova
-66 kg: Aysanem Saruarova
+81 kg: Diyoraxon Abdumannobova.
Qayd etish lozimki, musobaqada O‘zbekiston boks terma jamoasi 25 bokschi (12 nafar qiz, 13 nafar yigit) bilan ishtirok etdi. Ularning barchasi O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga medal qo‘shib qo‘ya olishdi.
Fikrlar