
Meksikaga gol urgan Leo Ronaldu hamda Maradona bilan tenglashib oldi
Lionel Messi Jahon Chempionatidagi 8-golini urdi.
Argentina hujumchisi Meksikaga qarshi 2-tur bellashuvida jamoasining ilk goliga mualliflik qildi.
U 37 yoshli Krishtianu Ronalduga Mundialda urilgan gollar soni bo‘yicha etib oldi. Avvalroq, portugal Ganaga qarshi 1-tur bellashuvida (3:2) penaltidan gol kiritgandi.
Shuningdek, JCh'da urilgan gollar soni bo‘yicha Leo hamyurti Diego Maradona bilan tenglashib oldi.
Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu 2-tur o‘yinini dushanba kuni Urugvayga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar