
Men faoliyatimni “Real”da tugataman!
Evropa chempionatidagi mag‘lubiyatdan keyin Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganni e’lon qilgan Toni Kroos klubdagi kelajagi haqida ham ma’lumot berdi.
- 2023 yil muhim davr hisoblanadi. O‘shanda men 33 yoshga kiraman. Shunda shartnomamni bir yoki ikki yilga uzaytirish bo‘yicha bosh qotiraman. Hozircha, hech narsaga qaror qilganim yo‘q. Lekin butsalarimni aynan “Real”da mixga ilaman, - dedi tajribali yarim himoyachi.
Kroos 2014 yildan beri “Qirollik klubi” sharafini himoya qilmoqda. U poytaxtliklar safida ikki martadan milliy chempionat va mamlakat Superkubogida g‘olib chiqdi. Uch martadan Chempionlar ligasi va Evropa Superkubogida, to‘rt bor klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi.
Fikrlar