Men ketmasam bo‘lmasdi!

  • 25 iyul, 2022, 22:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” safiga qo‘shilgan senegallik hujumchi Sadio Mane nega Yurgen Klopp jamoasini tark etgani haqida gapirib berdi.

Tecno

- Aslida “Liverpul”dan ketishga bir yil oldiq qaror qilgan edim. Bu mazkur qadamim uchun eng  maqbul payt edi.

Menga yangi chorlov kerak. Premer-ligada sakkiz yil o‘ynadim va shundan olti mavsumni “Liverpul”da o‘tkazdim. Biz deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘ldik. Shuning uchun oldinga qadam tashlashim kerak bo‘ldi.

Faoliyatimdagi eng yaxshi qarorni qabul qildim. Meni “Bavariya”da hamma narsa qoniqtiryapti. Bu klub o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadi. Myunxenliklar bilan birga Chempionlar ligasida g‘olib chiqmoqchiman, - dedi Sadio Mane.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!