“Men Shomurodovga ishonaman, u asosiy hujumchimiz!”

  • 11 dekabr, 2020, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Jenoa” A Seriyaning navbatdagi turida “Fiorentina” maydonida g‘alabaga juda yaqin kelgandi. O‘yinning oxirida raqib darvozasiga yo‘l topgan genuyaliklarga muhim g‘alabani ushlab qolib uchun bir necha soniya etmadi xolos.

Tecno

Biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodov ilk bor Frank Riberi, Xose Kalexon, Jakomo Bonaventura va Dushan Vlaxovich kabi yulduzlarga qarshi to‘p surdi.

130705889_4124083170935905_5884464407364843743_o_1

Bundan oldingi ikkita o‘yindagi muvaffaqiyatdan so‘ng, Eldor Shomurodov bu gal samarali harakatlarni amalga oshira olmadi. Bu futbolchimizning harakatlariga o‘z munosabatini bildirgan muxlislar fikriga ham ta’sir qildi.

E’tiboringizga, “Jenoa” muxlislarining o‘zbek legioneri o‘yiniga bergan bahosini havola etamiz.

Carmine Buonissimo

Menimcha, bu Shomurodov va Skamakka tandemining eng yomon o‘yini bo‘ldi. “Fiorentina” baland bo‘yli hujumchilarimizning o‘yin uslubini yaxshi o‘rgangan ko‘rinadi. Keyinroq, ularning o‘rniga maydonga tushgan Destro va Pyatsa mezbonlar darvozasiga yo‘l topdi. Balki bu ikki futbolchi keyingi bahsda imkoniyatga ega bo‘lar!

Nicola Massa

Shomurodov  bu galgi o‘yini bilan “Avvalgi muvaffaqiyatlar tasodif emasmidi?” degan savol uyg‘otib qo‘ydi.

Erik Noce

Hujumchilarimiz sust harakat qildi. Genuyada zo‘r o‘ynay boshlagan Skamakka va Shomurodov Florentsiyadagi uchrashuvda o‘ziga o‘xshamadi. Balki, murabbiy ularni har bir uchrashuvda o‘ynatib, charchatgandir. Ular dam olishi kerak.

Vincenzo Spitaletta

Eldor o‘z darajasida o‘ynay olmadi. Buning  yomon tomoni yo‘q. Ikkita o‘yinda qahramon bo‘lgandi. Yaqinda jarohatdan qutildi va hali ideal sport formasini tiklagani yo‘q. Men unga ishonaman. Shomurodov mavsumdagi asosiy hujumchimiz!

Alessio Buggati

Bu gal hujumdagilar yaxshi o‘ynay olmadi. 87-daqiqagacha atigi ikki marta zarba berdik. Keyin hammasi joyiga tushdi.

Massimo Bargniani

Men Maran Shomurodovni bekor zaxiraga oldi, deb hisoblayman. U Skamakkadan samaraliroq o‘ynayotgan edi. Eldor “Jenoa”ning qarshi hujumdagi o‘yin uslubiga hammadan ko‘ra mos tushadi.

Roberto Mangione

Eldorning omadi chopmadi! Umuman olganda, butun jamoa o‘z o‘yinini ko‘rsata olgani yo‘q. Lekin oxirida omadimiz kelib gol urdik va hatto g‘alabaga ham yaqin kelgandik.

Max Pozzo

Shomurodov yulduzlik kasaliga chalinmadimi? Golli pas va goldan keyin o‘yinidan yorqin harakatlar ko‘zga tashlanmadi.

gettyimages-1230001355-2048x2048

“Jenoa” A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini 13 dekabr kuni o‘z maydonida amaldagi chempion “Yuventus”ga qarshi o‘tkazadi.

Shomurodov qozoqmi? Eldor bu borada nima deydi?

Bugungi muhim o‘yinda “Jenoa” Shomurodovga tayanadi, raqib esa Riberiga!

“Jenoa” muxlislari Shomurodovdan xet-trik talab qilyapti!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!