Men tayyor bo‘lishim kerak!

  • 30 iyul, 2022, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” to‘purari Temmi Abraxam A Seriya startigacha jismoniy tayyorgarligini yuqori darajadaga ko‘tarib olishga harakat qilmoqda.

Angliyalik hujumchi yangi mavsumdan umidi katta ekanini, shaxsiy va jamoaviy maqsadlarini aniqlab olganini ma’lum qildi.

- Avvalgi mavsum yaxshi o‘tdi. Lekin men kelasi mavsum bundanda zo‘r bo‘lishi uchun mehnat qilyapman. Men to‘purarlik bo‘yicha rekordimni yangilashni istayman. Biroq bunga erishishda shoshma-shosharlik qilib bo‘lmaydi. Ayni paytda yuz foiz tayyor emasman. “Salernitana”ga qarshi bo‘ladigan o‘yingacha to‘liq tiklanib olaman, - dedi Temmi Abraxam.

Angliyalik hujumchi “Chelsi” asosiy tarkibiga kira olmaganidan keyin 40 million evro evaziga Rim klubiga transfer qilingan edi.

Italiyadagi debyut mavsumida Abraxam 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 27 ta to‘p yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!