Mendes o‘zi tayyorlagan eng iqtidorli jangchi kimligini ma’lum qildi. Bu Habib yoki Maxachev emas
Mashhur murabbiy Xaver Mendec o‘zi tarbiyalagan eng iqtidorli jangchi haqidasщz yuritdi. Mendecning so‘zlariga ko‘ra, bu Bellator promoushenida faoliyat yuritayotgan Usmon Nurmagomedov.
“Bu Usmon Nurmagomedov. Hammasi oddiy. Afsuski, u hammaning og‘zida emas, chunki u UFC da qatnashmaydi. Ammo Usmon e’tirofga loyiq. O‘ylaymanki, PFL va Bellator uni qo‘yib yuborishni istamaydi. Agar, shunday bo‘lsa ham, bu ularning eng ahmoqona qarori bo‘ladi”, – dedi Mendes MMA Mania You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Xaver engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachevni, avvalroq esa Habib Nurmagomedovni tarbiyalagan.



Fikrlar