Mendi jarohat oldi: "Real" himoyachisi erta almashtirildi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Ferlan Mendi La Liganing 34-turida "Espanol"ga qarshi safar oʻyini davomida jarohat oldi.
Fransiyalik futbolchi uchrashuvning 14-daqiqasida maydonni tark etdi. Ispaniya OAV maʼlumotiga koʻra, unda mushak jarohati aniqlandi. Hozircha tiklanish muddati maʼlum qilinmagan.
Eslatib oʻtamiz, mazkur bahsda "Real" 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Har ikki gol muallifi Vinisius Zhunior boʻldi.
Joriy mavsumda Mendi jami 9 ta oʻyinda ishtirok etdi va gol yoki assist amalga oshirib, jamoasiga yordam bera olmadi.

Fikrlar