Meni pul uchun keldi, deb o‘ylamang!

  • 9 yanvar, 2022, 15:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko”ni tark etib, “Nyukasl” safiga qo‘shilgan angliyalik tajribali himoyachi Kiran Tripper uning premer-liga autsayderini tanlashiga nima sabab bo‘lganini aytdi.

“Qarg‘alar” Ispaniya chempionidan bu o‘yinchini olish uchun 12 million funt sarfladi. 31 yoshli himoyachi yangi klubi bilan 2024 yilning yarmigacha shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, Tripper haftasiga 150 ming funt maosh oladi. Bu summa “Atletiko”dagi maoshidan ancha yuqori ekani aytilmoqda.

Biroq, Tripperning o‘zi “Nyukasl”ga pul topish maqsadida kelmaganini ta’kidlamoqda.

- Bir necha oy muqaddam Angliya premer-ligasiga qaytmoqchi ekanimni aytgandim. Bunday imkon bo‘lishini kutayotgandim. “Nyukasl” varianti men kutgan vaziyat bo‘lib chiqdi.

Men bilan o‘ynagan futbolchilar va ustozlik qilgan murabbiylar qanaqa odam ekanimni yaxshi biladi. Bu erga faqatgina yangi loyiha ishtirokchisi bo‘lish uchun keldim. Boshqa takliflar ham bor edi, puxta o‘ylab, “Nyukasl”ga o‘tishga qaror qildim, - dedi Kiran Tripper.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!