Meni qo‘yib yuborishsin! "Manchester Yunayted"ning 15 yoshli futbolchisi FIFAga shikoyat qiladi
«Manchester Yunayted»ning yosh forvardi Jey-Jey Gabriel jamoani tark etishga qat’iy qaror qilgani xabar qilinmoqda.
15 yoshlik iste’dod egasi mavsum oxirigacha ketishga ruxsat berilmasa, Premier-liga yoki hatto FIFAga rasmiy shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.
Bu haqida Transfer News Live nashri jurnalist Neytan Soltga tayanib ma’lum qildi. Mankuniyanliklar ixtiyorida muammoni hal etish va yosh futbolchini qolishga ko’ndirish uchun bor-yo’g’i ikki hafta vaqt qolgan.
Avvalroq Gabriel oilasi klubning ichki tizimi va ish uslubidan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu bois ular forvardning rivojlanishini boshqa yirik evropalik klubda davom ettirgani ma’qul, degan fikrda. Jey-Jey Gabriyelga madridlik «Real», «Barselona», PSJ hamda qator boshqa yetakchi jamoalar qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar