Menni Pakyao va Amir Xan noyabrda uchrashishi mumkin
Yarim o‘rta vazn toifasining WBO chempionlik kamari sohibi filippinlik Menni Pakyao va britaniyalik Amir Xan o‘rtasidagi jang shu yilning noyabr oyida tashkil etilishi mumkin. Bu haqda Pakyaoning promouteri Bob Arum ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq har ikki bokschi jangni 23 aprelga belgilaganini ma’lum qilgan, biroq keyinroq Arum bu xabarni inkor qilib, BAAlik jang uchun taklif qilgan investorlar so‘zida turmaganligi ta’kidlagan.

– Aniq Pakyao - Xan o‘rtasidagi jang aprelda bo‘lmaydi, – deydi Arum. – Umid qilamanki, bu noyabrda tashkil qilinadi. Men Menniga yozda jang o‘tkazishni taklif qildim va hozir uning javobini kutyapman.
Fikrlar