
Merab Dvalashvili Genri Sexudoni "yanchib" tashlaydi! (So‘rovnoma)
Xabaringiz bor, 18 fevralga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahrida “UFC 298” turniri start oladi. Asosiy karddan o‘ta engil vazn (61,2 kg) vazn toifasida Merab dvalashvili hamda sobiq chempion Genri Sexudo qarama-qarshiligi ham o‘rin olgan. Biz an’anaga sodiq qolgan holda, ushbu to‘qnashuv borasida ham o‘zbek yakkakurash olami vakillarini fikri bilan qiziqdik.
Farruh Madaminov – murabbiy
- Zo‘r jang bo‘ladi. Bir-biriga mos raqiblar. Nimani evaziga mos va teng raqiblar deyapman. Ya’ni, Sexudoni yoshi ancha o‘tib qoldi. Albatta, sport tomonlama aytyapman. Agar, U dvalashvili bilan teng yoshda bo‘lganda muammosiz g‘alaba qozonardi. Biroq, hozir ham Sexudo uni yuta olishga qodir, deb o‘ylayman. Chunki, unda katta tajriba bor va mukammal jangchi. Merab ham yosh va g‘alabaga chanqoq osonlikcha taslim bo‘lmaydi. Ammo, kichik ustunlik bilan Sexudo ochkolar hisobida g‘alabani ilib ketsa kerak. Imkoniyatlarni 55/45 deya baholagan bo‘lardim.
Dmitriy Xudyakov – murabbiy
- Agar, rostini aytsam, bu jangchini deyarli kuzatmaganman, o‘ylashimcha Sexudo g‘alaba qozonadi. Qog‘ozdagi statistikaga qarasak, Sexudo Merabga qaraganda tezroq va kuchliroq. Ammo biz uni qanday mashg‘ulot o‘taganini janga qay darajada tayyorligini bilmaymiz. Merab esa janglar sonini inobatga olsak, yoshroq va unda ham g‘alabaga imkon bor. Biroq, baribir Sexudo g‘alaba qozonsa kerak.
Mavlon Qahhorov – muaytay jangchisi
- Ikkisi ham juda saviyali va “qattiq” jangchilar sarasiga kiradi. Sexudo buni ko‘p bora isbotlagan. Biroq, uning faoliyatida anchagina tanaffus bo‘ldi va bu unga salbiy ta’sir qilganini Aldjo Sterlingga qarshi jangida ko‘rdik. Merab xuddi Aldjo kabi jang qiladi. Uslublar o‘xshash. Qolaversa, unda g‘alabaga ishtiyoq katta. Imkoniyatlarni 60/40 degan bo‘lardim. Merad dvalashvili foydasiga!
Bakir Vechnyy –oktagon anonseri
Shiddatli jang oqshomi bizni kutib turibdi. Merab Dvalishvili va Genri Sexudo o‘rtasidagi jang haqida so‘z yuritsak, Sexudoni yoshi o‘tgan bo‘lsa ham, esdan chikarmaslik kerak, u sobiq Olimpiada chempioni, sobiq UFCning ikki vazn toifasida kamar sohibi bo‘lgan!!! “Parter”da Sexudoni kuchli deb o‘ylayman. “Stoyka”da ham 45-55 Sexudoni foydasiga... Merabning jang qilishi jamoadoshi Aljo Sterlingnikiga o‘xshab ketadi .Bu jangga Sexudo nafaqat galaba qozonish uchun, balki qasos olish uchun xam chiqadi. (Sterling!!!) Tahminim, 2sabmishen” evaziga Sexudoni g‘alabasi, jang cho‘zilib ketsa Merabda imkoniyat ko‘payadi! Imkoniyatlar 60/40 Sexudo foydasiga!
Mavlon Mavlonov – murabbiy
- Qiziq jang! Sexudoni hammamiz bilamiz, erkin kurashda Olimpiada chempioni hisoblanadi. Uning kuchli IQ ga ega. U kim bilan qanday jang qilishni ham yaxshi biladi. O‘ylaymanki unda jangni o‘ziga xos rejasi bor. O‘tgan jangda ochkolar hisobida yutqazib qo‘ydi. Bu jangga u yaxshi tayyorlangan va bir nechta xatolarini to‘g‘irlaganligi aniq. Merabning kurashi unga muammo bo‘lmaydi. U nima qilishini biladi va unga himoyasi bor. Agar, Sexudoning mashg‘ulot lageri yaxshi o‘tgan bo‘lsa, ruhiy jihati joyida bo‘lsa, imkoniyatlarni 70/30 degan bo‘lardim. Albatta, Sexudoni foydasiga. Agar u darajada tayyorgarligi zo‘r bo‘lmagan bo‘lsa, 60/40 yana Sexudoni foydasiga! Albatta, bu shahsiy fikrim.
Humoyun Mahkamov – MMA jangchisi
- Yaxshi jang bo‘ladi. Genri Sexudoni davri o‘tgan. Uning erishgan natijalariga hurmatni saqlagan holda, aytishim mumkinki, Merab Dvalashvili uni shunchaki ustidan “yanchib” o‘tib ketadi. Chunki, hozir uning kuchga to‘lgan vaqti. Ya’ni PIK davri desak bo‘ladi. Imkoniyatlarni 70/30 degan bo‘lardim. Dvalashvili muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritadi.
Fikrlar