Merab Dvalishvili bu yil 3 ta jang o‘tkazmoqchi

  • 26 may, 16:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘ta engil vazn toifasida (61 kg) amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili amerikalik Shon O'Mellini mag‘lub etsa, bu yil yana ikkita jang o‘tkazishini aytdi.

Tecno

"O'Mellini enggach, bir oy ta’tilga chiqaman va keyin yana yig‘inga qaytaman. UFC Meksikaning Gvadalaxara shahrida turnir o‘tkazishini eshitdim. O‘sha musobaqa kardida jang qilmoqchiman. Shuningdek, noyabrda Nyu-Yorkda yoki dekabrda Las-Vegasda chiqish qilsam ham yaxshi bo‘lardi" - dedi gruziyailik MMA ustasi. 

Eslatib o‘tamiz, Merab Dvalishvili va Shon O'Melli to‘qnashuvi 8 iyun kuni "UFC 316" turnirida o‘tkazilishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!