Merab Dvalishvili va Umar Nurmagomedov jangi qachon o‘tkaziladi?
O‘ta engil vazn toifasida (61 kg) amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili (18-4) rossiyalik Umar Nurmagomedov (18--2-1 N/C) bilan jangning taxminiy sanasini ma’lum qildi.
"UFC rasmiylari Umar bilan jang haqida men bilan aloqaga chiqmadi. Ammo ushbu bahs o‘tkazilishi tobora oydinlashib bormoqda. Dog‘istonliklar ko‘pincha, Ramazon oyida jang qilmaydi. Shuni hisobga olsak, bizning to‘qnashuvimiz Ramazondan oldin - fevral yoki mart oylarida bo‘lib o‘tishi mumkin", - deya gruziyalikning so‘zlarini keltirdi "Sports Illustrated".
Eslatib o‘tamiz, 15 sentyabrda bo‘lib o‘tgan "UFC 306" turnirida Merab Dvalishvili Shon O'mellini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engib, o‘ta engil vaznda UFC chchempioniga aylangandi.

Fikrlar