
Merab Dvalishvilini asl maqsadi nima? U Umar Nurmagomedov bilan...
Ma’lumki, "UFC 311" turnirining 2-markaziy jangida gruziyalik Merab Dvalashvili chempionlik titulini Umar Nurmagomedovdan himoya qiladi. Jang avvalida u nimaga Umardan xafa bo‘lgani va aslida nimani xohlashini ma’lum qildi.
"Umarga nisbatan nafratim yo‘q va hech kimdan nafratlanishim shart emas. Bilasizmi, men jang paytida Shon O'Mellini o‘pdim, chunki men oktagonda juda xursand bo‘lgandim. Men hech kimni yomon ko‘rmayman, lekin Umar hurmatsizlik qildi. U meni soxta chempion deb atadi, garchi men bunday bo‘lmasam ham”.
“U mening vatanimni tilga olib, meni hurmatsizlik qilishda davom etdi. Bu noto‘g‘ri edi. Uni har gal ko‘rganimda hurmatimni ko‘rsatardim. Men uni shaxsan bilardim va unga yaxshi munosabatda bo‘lardim. Tresh-toklar bu jang degani emas. Biz haqiqiy jangchilarmiz. Umarning bu so‘zlarini ko‘rib, ochig‘i jahlim chiqdi.
Albatta, men unga qo‘l berib, hurmat ko‘rsatishni istardim. Men yana yaxshi munosabatda bo‘lishni xohlayman. Biz bu masalani hal qilishimiz kerak. Shunchaki hurmatsizlikdan xafa bo‘ldim. U buni ko‘rsatmasligi kerak edi va u meni dushmanim bo‘lishini xohlamayman",-dedi Dvalashvili matbuot anjumanida.
Fikrlar