Messi, Ramos, Aguero, Pogba... 2021 yilda kutilayotgan super transferlar (FOTO)

  • 8 dekabr, 2020, 18:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi va Pol Pogba 2021 yilda shartnomasi yakuniga etadigan futbolchilar ro‘yxatida alohida ko‘zga tashlanadi. Bu mavsum oxirida ajoyib transferlar guvohiga aylanishimiz mumkinligidan dalolat beradi.

Messi yozda "Barselona"ni tark etishni, Pogba pandemiya davrida "Real"ga ketishni istagandi, ammo amaldagi shartnomalar ularning oyog‘idan “ushlab qoldi”.

Biroq, Mesut O‘zil, Memfis Depay, Serxio Aguero kabi futbolchilarning xaridorlari ko‘payib bormoqda. Diego Kosta APLga qaytishi mumkin.

Umuman olganda, yozgi transferlar mavsumida bir guruh mashhur futbolchilar yangi jamoaga o‘tishi kutilyapti. Biz esa, e’tiboringizga transferini kutayotgan yulduzlardan tuzilgan maxsus ramziy jamoani havola etamiz.

Top5

Janluiji Donnarumma. "Milan" posboni o‘spirin paytida "katta sahna"ga porlab chiqdi va ko‘p yillar davomida Italiyaning eng yaxshi darvozaboni bo‘lib keldi. Ammo shartnomasi tugashiga atigi 1 yil qolganida Evropaning qudratli klublaridan qo‘ng‘iroq kutib o‘tirishga majbur bo‘lmoqda.

donnarumma-milan-rinnovo-calciomercato

Erik Garsiya. Uning qulay pozitsiyasi markaziy himoyadir. "Manchester Siti" bilan yozda shartnomasi yakunlangach, u yangi bitim imzolamasligini va katta ehtimol bilan "Barselona"ga o‘tishini ma’lum qildi.

eric-garcia-epa04062020

Serxio Ramos. So‘nggi 10 yil ichida “el kapitano” markaziy himoyaning eng kuchlilaridan biri bo‘lib keldi. "Real" sardori Iker Kasilyas jamoadan ketganidan so‘ng, Serxio sardorlik bog‘ichini qo‘liga taqqanicha hamon jamoani orqasidan etaklab kelyapti. Klub yulduzi Krishtianu Ronaldu ham ketdi va endi yoshi o‘tib qolganiga qaramay, hamon eng yaxshi himoyachilardan biri bo‘lib turgan Ramos ham “Qirollik klubi” bilan xayrlashishi mumkin.

1229451813.0

Jerom Boateng. Statistikaga qarasangiz, u haqiqiy yulduzdek ko‘rinadi. Angliya kubogi g‘olibi, 8 karra Bundesliga chempioni, 2 marta Chempionlar ligasi sohibi va jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan himoyachining sovrinlari ko‘z-ko‘z qilishga arziydi.

U bundan keyin ham buyuk natijalarga erishishiga ishonch kamroq, ammo erkin agentga aylanadigan futbolchining faoliyati qanday davom etishini kuzatamiz.

5h51tdkmpw-880x550_1

David Alaba. U chap qanot himoyachisi yarim himoya va mudofaa markazida ham o‘zini ko‘rsata oldi. U bir necha yillardan buyon "Bavariya"ning asosiy futbolchilaridan. Grand jamoalar uning imzosi uchun kurashayotgani ajablanarli emas.

65654465

Pol Pogba. Shubhasiz, u jahon chempionatida va o‘tgan mavsumning oxirida o‘zini ko‘rsatganidek, iste’dodli futbolchi.

Ammo u "Manchester Yunayted"ga 105 million evroga o‘tganidan beri, bir porlab, bir so‘nmoqda. Barqarorligini yo‘qotgan. U ketmoqchi ekanini ochiq aytyapti.

1195420706

Jorjino Veynaldum. “Barsa”nishoniga tushgan futbolchi "Liverpul" bilan birgalikda Evropani zabt etdi va APLda ham zafar quchdi.

Ronald Kuman "Barsa"ni qabul qilib oldi. Tiagoning "Enfild"ga kelishi, Veynaldum klubni tark etishini taxmin qilishga sabab bo‘lmoqda - yozgacha kuting va u "Kamp Nou"da saf tortishi mumkin.

5c8a39b6465e2_

Mesut O‘zil. "Arsenal" germaniyalik futbolchiga haftasiga 350 ming funt yoki kuniga 50 ming funt, soatiga hisoblaganda esa 2083 funt sterling to‘lashni to‘xtatadigan payt keldi.

O‘zil 2018 yilning yanvarida londonliklar bilan shartnoma imzolagandi va shuncha paytdan beri, klub uchun foydadan ko‘ra, ko‘proq zarar keltirmoqda.

ozil_65

Lionel Messi. Deyarli 20 yil o‘tib, Messi "Barselona"dan ketishga qaror qildi. U Kataloniya rahbariyatiga sodiq ekanligini isbotlashi uchun ularni sudga bermay, bitim yakunigacha jamoada qolishiga to‘g‘ri keldi.

Argentinalik futbolchi shartnomani uzaytirish ehtimoli juda past. Bundan kelib chiqib, "Manchester Siti" va PSJ kabi jamoalar forvard uchun katta takliflar qilishi aniq.

2879615-59300308-2560-1440

Serxio Aguero. Argentinalik hujumchi APLning eng buyuk to‘purarlaridan biri hisoblanadi. "Man Siti"ga 2011 yilda kelgan va shundan buyon 250 dan ziyod turli xil rekordlarni qayd etgan.

Joriy mavsum 32 yoshli futbolchi uchun "shaharliklar" safidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin. Agar yangi shartnoma borasida hech qanday kelishuv amalga oshmasa, uni boshqa klub safida ko‘ramiz.

sergio-aguero-manchester-city-1603010305-49389

Memfis Depay. Ko‘pchilik "Manchester Yunayted"dagi omadsiz davri orqali eslab qolgan Depay "Lion" safida hamon yuqori saviyada to‘p tepib kelmoqda. U hamyurti Veynaldum kabi "Barselona"ga o‘tishi mumkin edi, ammo yozgi transferlar oynasida tomonlar kelishuvga erisholmay qoldi.

memphis-depay-olympique-lyon-1541084180-18604

Ushbu ramziy jamoaga zahira sifatida Denni Rouz, Shkodran Mustafi, Jonni Evans, Yulian Draksler, Anxel Di Mariya, Luka Modrich, Arkadiush Milik va Diego Kosta kabi futbolchilarni olishimiz mumkin. Umuman olganda, bizni kelasi yozda katta o‘zgarishlar kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!