
Messi, Ramos va Verratti PSJning qaydnomasiga kiritilmadi
"Pari Sen-Jermen" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali Frantsiya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan "Metts"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasini e’lon qildi.
Jarohati tufayli himoyachi Serxio Ramos, yarim himoyachi Marko Verratti va hujumchi Lionel Messi ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Darvozabonlar: Navas, Riko, Donnarumma.
Himoyachilar: Xakimi, Kimpembe, Markinos, Diallo, Kerer, Ebimbe, Bitumazala.
Yarim himoyachilar: Paredes, Rafinya, Danilu, Veynaldum, Errera, Draksler, Mendesh, Guye.
Hujumchilar: Mbappe, Ikardi, Neymar, Di Mariya.
"Metts" – PSJ uchrashuvi 22 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar