
Messi Angliyada o‘ynaydi, Bekxem uni qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi
“Inter Mayami” yulduzi Lionel Messi faoliyatida jiddiy o‘zgarish bo‘lishi kutilyapti. 38 yoshli futbolchi MLSni tark etib, Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tadigan bo‘lyapti.
Tuttosport nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasini inqirozdan olib chiqish uchun sobiq shogirdi Lionel Messi yordamidan foydalanishni rejalashtirmoqda.
“Shaharliklar” sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibini yanvarda mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi va Messi ko‘magida natijalarni ijobiy tomonga o‘zgarishga harakat qiladi.
“Inter Mayami” xo‘jayinlaridan biri Devid Bekxem agar Lionel Messi o‘z kuchini Angliya chempionatida sinab ko‘rishni istasa, ijaraga ketishiga klub hech qanday to‘sqinlik qilmasligini ma’lum qildi.
Demak, buyog‘i Messining tanloviga bog‘liq. Tez orada Leoning Angliya Premer-ligasiga bo‘lgan munosabatini bilib olamiz.
Fikrlar