Messi barcha davrlardagi jahon rekordini saqlab turibdi

  • 21 sentabr, 10:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi samarali harakatlar umumiy soni bo‘yicha jahon rekordini saqlab qolmoqda.

38 yoshli futbolchi MLSda "Di Si Yunayted"ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi o‘yinda (3:2) 2 ta gol urdi, shuningdek, argentinalik futbolchi bir marta golli uzatma berdi. Umumiy hisobda Messi 882 ta gol va 391 ta golli uzatma - jami 1273 ta samarali harakat qayd etgan.

Tecno

Bu barcha davrlarda jahon futbolidagi rekord hisoblanadi. MLSning joriy mavsumi doirasida Messi 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va o‘n marta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!