Messi “Barsa”da qolish shartini aytdi. Laporta buni bajara oladimi?

  • 5 aprel, 2021, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum oxirida Lilnel Messining “Barselona” bilan shartnomasi tugaydi. Argentinalik yulduz Kataloniyada qolish uchun klub rahbarlariga bir necha shart qo‘ymoqchi.

Tecno

O‘z navbatida, klubning yangi prezidenti Joan Laporta Messining hozirgi maoshini saqlab qolgan holda unga bir umrlik shartnoma taqdim qilishni rejalashtirmoqda. Messining klubda qolishi kelajak uchun muhim, deb hisoblanyapti. 

Messi Laportda bilan yakkama-yakka muzokara olib borishga tayyor. U hatto kelishuvga otasi Xorxeni ham aralashtirmoqchi emas.

Leo birinchi galda, “Barselona” keyingi 2-3 yil ichida Evropa Chempionlar ligasida aniq g‘olib chiqish bo‘yicha ishonarli loyiha ishlab chiqishini talab qilyapti.

Klub rahbariyatida mavsum oxirigacha vaqt bor. Messi so‘nggi qarorini chempionat yakunlanganidan keyin aytadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!