Messi “Barsa”dagi faoliyati bo‘yicha so‘nggi qarorini qabul qiladi

  • 6 noyabr, 2020, 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messining “Barselona” faoliyatida hamon so‘roq ostida turibdi. Mavsum oxirida argentinalik hujumchining klub bilan hamkorligi poyoniga etadi. Yangi shartnoma borasida gap bo‘lishi mumkin emas.

Tecno

Messini xafa qilgan Jozep Bartomeu klub prezidentligidan iste’foga chiqarilgani ham   jamoa sardorining Kataloniyani tark etish fikrini o‘zgartirgani yo‘q.

Faoliyatining so‘nggi bosqichini boshdan o‘tkazayotgan Lionel Messi “Barselona” bundan buyon ulkan g‘alabalarni qo‘lga kirita olishiga shubha bilan qaramoqda. Uning fikricha, klub bu tarkib va transfer siyosati bilan chempionlik loyihasini amalga oshira olmaydi. Messiga esa yangi sovrinlar va tarixiy g‘alabalar kerak.

Shuning uchun Messi yangi prezident saylovidan keyin bir qarorga kelishini bildirdi. Agar yangi rahbar argentinalik yulduzni jamoa istiqboliga ishontira olsa, u o‘z joyida qoladi. Aks holda, Messi oldida hozirning o‘zida  “Manchester Siti”, “Inter” va PSJ kabi baquvvat klublardan zo‘r  takliflar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!