Messi: "Barselona - mening uyim, u erga yana qaytaman"

  • 3 fevral, 2023, 16:11
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" yulduzi Lionel Messi yaqin kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin yana Kataloniyaga qaytaman. Barselona - mening uyim",-dedi argentinalik pleymeyker "Ole" nashriga bergan intervyusida.

35 yoshli futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning iyun oyida nihoyasiga etadi. Hozircha, tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida bitimga erishgani yo‘q.

Leoning xizmatiga MLS hamda Saudiya Arabistoni klublaridan jiddiy qiziqish bor. Hatto, "Al-Hilol" unga futbol tarixidagi eng katta maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif etishga tayyor ekani aytilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!