Messi "Barselona" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

  • 28.10.2020 15:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" sardori Lionel Messi klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Daily Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Jozep Bartomeu prezidentlik lavozimini tark etganidan so‘ng, 33 yoshli argentinalik futbolchi klubda qolishi mumkin.

Messining “Barsa” bilan shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. U o‘tgan yoz “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkinligi haqida turli gap-so‘zlar tarqalgan edi.

Leo joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!