
Messi “Barselona”dan ketadigan bo‘lsa, “MYu”, “Chelsi” va “Manchester Siti” uni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor turibdi
Ispaniyalik futbol eksperti Gilem Balagening fikricha agar Messi “Barselona” bilan shartnomani uzaytirmasa, u holda argentinalik futbolchi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. U bu haqda Sky Sports nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi:
“Messi “Barselona” bilan shartnomani uzaytiradi deb o‘ylayman. Ammo, ba’zi savollar borki, ular haligacha javobsiz qolmoqda.
Albatta, jahonning eng zo‘r jamoalari bor e’tiborini aynan Leoga qaratishgan. Avvalroq Gvardiola Messi faoliyatini “Barselona”da yakunlashini aytgan edi. Biroq, bilishimcha "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari argentinalik futbolchiga quyidagi mazmunda xabarlar yuborishgan: “Agarda sen “Barselona”ni tark etishni istasang, biz seni sotib olishga doimo tayyormiz”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milanning “Inter” klubi Messi borasida muzokaralarni boshlagani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar