Messi "Bavariya" bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradimi?
Lionel Messining "Bavariya"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar chiqqandi. "Goal.com" nashrining xabar berishicha, argentinalik yulduzning jarohati jiddiy emas.
U faqatgina ichki chempionat doirasida "Monako"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Biroq "Bavariya" bilan asosiy tarkibda uchrashuvni boshlashi kutilmoqda.
Avvalroq, PSJ safida Kilian Mbappening jarohat olgani borasida xabarlar chiqqandi. U katta ehtimol bilan chempionlar ligasi doirasidagi bahsda qatnashmaydi.



Fikrlar