
Messi bir qarorga kelgani yo‘q
PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jurnalistlar bilan suhbatda faoliyatini “Nyuells Old Boyz” klubida yakunlash varianti haqidagi savolga javob berdi.
Messi Argentina futbolida o‘ynash uning bolalikdagi orzu bo‘lganini, lekin hozir hamma narsa turli omillarga bog‘liqligini aytdi.
- Atrofdagi voqealar shiddatli va ko‘pligidan bu borada tayinli biror narsa deyolmayman. Argentina futboliga kirish va maydonda o‘ynash, bolalikdagi orzum bo‘lgan, - dedi Lionel Messi.
Messi futbol sirlarini “Nyuells Old Boyz”ning bolalar jamoasida o‘rgana boshlagan. Keyinchalik Kataloniyaga kelib, “Barselona”da tarbiyalandi va faoliyatining katta qismini shu klubda o‘tkazdi.
Messi 2021 yildan e’tiboran PSJ futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar