Messi bu futbolchi mahoratiga tan berdi

  • 10 aprel, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Lionel Messi “Barselona” yarim himoyachisi Pedrining mahoratini juda yuksak baholamoqda.

Tecno

Messi “Barselona”dagi so‘nggi mavsumida asosiy tarkibga endigina jalb qilina boshlagan Pedri bilan oz muddat bo‘lsa-da, birga o‘ynagan. Keyinchalik argentinalik yulduz Kataloniyani tark etib, PSJ safiga ko‘chib o‘tdi.

Taniqli jurnalist Fernando Poloning yozishicha, Lionel Messi Pedrining iqtidoridan hayratga tushgan va uni jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri, deb hisoblaydi.

20 yoshli Pedrining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. U joriy mavsumda 30 ta o‘yinda raqiblar darvozasini etti marta ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!