
Messi: "Bunga e’tibor ham bermaganman"
PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zini hech qachon Diego Maradonni bilan taqqoslamasligini aytdi.
"To‘g‘risini aytsam, o‘zimni hech qachon Diego bilan solishtirmaganman va bunga e’tibor ham bermaganman.
O‘tmishdagi ba’zi afsonalar meni bezovta qildi. Terma jamoada unchalik muvaffaqiyatli davr bo‘lmadi. Lekin Maradonna bilan o‘zimni taqqoslamasligimga bu sabab emas", - dedi Leo.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchi bu yili Argentina terma jamoasi bilan "Kopa Amerika" sovrinini qo‘lga kiritdi. Bungacha u 3 bor bu mazkur turnir finalida mag‘lub bo‘lgan.
Fikrlar