 
                Messi "Chelsi"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi kecha "Chelsi"ga (3:0) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL 1/8 final javob bahsidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men ushbu musobaqadagi 100-golimni urganimdan judayam xursandman. Lekin eng muhim bu kuchli jamoaga qarshi muhim g‘alabani qo‘lga kiritganimiz va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritganligimizdir.
Biz juda muhim bo‘lgan tezkor golni urishga muvaffaq bo‘ldik. Bu juda qiyin qarama-qarshilik edi, biroq biz buni uddalay oldik. Uchinchi golni urganimda barchasi hal bo‘lganini sezdim.
Barchasi huddi o‘ylaganimizdek kechganidan xursandman”, - deydi argentinalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, EChL chorak finaliga ertaga qur’a tashlanadi.



Fikrlar