
Messi dubl qayd etib, Shomurodovga etib oldi
FIFA kunlari doirasida aksariyat terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
Xususan, Argentina MTJ Nyu-Jersi shtatida Yamaykaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Unda Skaloni shogirdlari 3:0 hisobida zafar quchdi. Jamoa etakchisi Lionel Messi bahsga zaxiradan qo‘shilib, dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, 35 yoshli yulduz yil boshidan beri terma safida kiritgan gollari sonini 10 taga etkazib oldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha butun dunyoda O‘zbekiston MTJ sardori Eldor Shomurodov peshqadamlik qilayotgandi. Ulardan keyingi o‘rinlarda Erling Xoland, Vinsent Abubakar kabi hujumchilar bor.
Fikrlar