Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, Ronaldu 4-o‘rinda
Xalqaro sport nashrlari assotsiatsiyasi 2019 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha maxsus so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Barselona” forvardi Lionel Messi yakunlanib borayotgan yilda sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu yil faoliyatidagi 6-“Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan 32 yoshli argentinalik futbolchi 13,11% ovoz to‘pladi.
Reytingning kuchli uchligidan esa engil atletikachi Eliudu Koipchoge va tennischi Rafael Nadal joy oldi.
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu (7,98%) esa 4-o‘rinni egalladi. Kuchli beshlikni "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk (5,29%) yakunlab berdi.

Fikrlar