
Messi faoliyatidagi 800-golini urdi
Argentina Panamaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. 2:0 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda Messi uchun yubiley gol kiritildi.
O‘yinning 89-daqiqasida Leo jarima zarbasidan unumli foydalanib, oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Shu tariqa, bu Messi uchun faoliyatidagi 800-goli bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli hujumchi gollarini 672 tasini "Barsa"da, 29 tasini PSJda va 99 tasini Argentina terma jamoasi safida kiritgan.
Fikrlar