Messi hech kim urolmaydigan rekordini yana yangilab qo‘ydi

  • 07.12.2025 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi faoliyati davomida 48-sovrini qo‘lga kiritdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan rekordni yana yangiladi.

Messi “Inter Mayami” safida Shimoliy Amerika kubogini qo‘lga kiritdi. Devid Bekxem tomonidan 2018 yili tuzilgan bu jamoa ilk bor ushbu sovringa ega chiqdi.

Finalda floridaliklar “Vankuver Uaytkeps”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, tarixiy yutuqni qo‘lga kiritdi.

Sovrin jamg‘arish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda braziliyalik Dani Alves qayd etilgan. Jami 45 ta sovringa ega bo‘lgan futbolchi faoliyatini yakunlagan.

Lionel Messi “Inter Mayami”da 2028 yilning oxirigacha to‘p tepishini inobatga olsak, 38 yoshli yulduz yana o‘z rekordini faqat o‘zi yangilashi mumkin xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!