Messi Iordaniyaga qarshi bahsni zahiradan boshlashi kutilmoqda

  • 26.06.2026 21:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

ESPN xabariga koʻra, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan oʻrin olgan Iordaniyaga qarshi uchrashuvni zahira oʻrindigʻida boshlaydi.

Argentina terma jamoasi 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00'da Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. Jamoa avvalgi ikki turda Jazoirni 3:0 va Avstriyani 2:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu beshta golning barchasiga Messi mualliflik qildi.

"J" guruhida peshqadam boʻlib turgan Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni bu bahsda avvalroq kamroq oʻyin vaqtiga ega boʻlgan futbolchilarga imkoniyat berishni rejalashtirmoqda. Shu sababli, Messi uchrashuvni zahiradan boshlashi kutilmoqda.

Manbaga koʻra, mashgʻulotlar davomida dastlab asosiy tarkibda Niko Pas harakat qilgan, keyinchalik esa uning oʻrnini "Inter Mayami" hujumchisi Messi egallagan. Shuningdek, Skaloni sinov tariqasida Julian Alvaresni Lautaro Martines oʻrniga maydonga tushirgan.

Maʼlum qilinishicha, murabbiy odatda ikki nafar markaziy hujumchi bilan oʻynamaydi. Biroq mashgʻulotning bir qismida Lautaro Martines va Julian Alvares birgalikda hujum chizigʻida harakat qilgan. Buning uchun yarim himoyachi Eksekyel Palasios tarkibdan chiqarilgan.

Kutilishicha, Lautaro Martines va Julian Alvares Iordaniyaga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashi mumkin. Darvozani esa jamoaning asosiy posboni Emiliano Martines qoʻriqlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!