Messi jahon chempionatidan quruq qolishdan qo‘rqyapti

  • 15 oktabr, 2022, 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 20 noyabr-18 dekabr kunlari Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida qatnasha olmay qolishdan cho‘chimoqda.

Tecno

- Qatardagi mundial avvalgilaridan keskin farq qiladi, chunki u yilning boshqa mavsumida o‘tkazilmoqda. Hozir tobora musobaqagna yaqinlashib borayotganimizda arzimagan narsa ham seni mundialdan tashqarida qoldirishi mumkin.

Avval aytilganidek, Paulo Dibala va Anxel di Mariyaning safdan chiqqani hech kimning e’tiboridan chetda qolgani yo‘q.

Shaxsiy tomondan bu holat hammani cho‘chitib qo‘ydi va borgan  sari qo‘rquv kuchaymoqda. Shunga qaramay, oldindagi o‘yinlarda bunday fikr bilan maydonga tushish xato bo‘ladi. Eng asosiysi, o‘zimizni avvalgidek tutish. O‘yinda qatnashish, holatni ushlab turishning eng yaxshi usuli.

Jamoadoshlarim tuzalib ketishiga umid qilaman. Ular o‘zini tiklab olishi uchun vaqt etarli, - dedi Lionel Messi.

35 yoshli Lionel Messi yaqinda Qatardagi jahon chempionatining uning faoliyatida so‘nggisi bo‘lishini ta’kidlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!