Messi ketma-ket ikkinchi o‘yinda xet-trik qayd etdi

  • 20 oktabr, 2024, 10:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha tunda MLSning navbatdagi turi doirasidagi "Inter Mayami" va "Nyu-Inglend Revolyushn" jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvida floridaliklar 6:2 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Tecno

"Inter Mayami"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi shu kuni xet-trik qayd etdi. E’tiborlisi, 37 yoshli futbolchi ketma-ket ikkinchi uchrashuvda uchta gol urdi. U bundan avval JCh-2026 saralashi doirasida Boliviyaga qarshi o‘yinda ham xet-trik muallifiga aylangan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” muddatidan avval MLSning Sharqiy konferentsiyasida mavsum g‘olibiga aylangandi. Joriy mavsum Messi 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 20 ta gol va 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!